

Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati ma'lumot berdi.
Yangi shartnoma 2028 yilgacha amal qiladi va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.
Xansi Flik "Barselona"ni 2024 yilning yozida qabul qilib olgandi. Bu davrda jamoa ikki marta Ispaniya chempionligini, bir bor Ispaniya Kubogini va ikki marta Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.
"Barselona" "El Klasiko"da "Real"ni mag'lub etganidan so'ng rasman 2025/2026 yilgi mavsum chempioniga aylandi.



