Flik "Barselona" bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Tez orada bu rasman e'lon qilinadi

Administrator
25 may 2024
Murabbiy o'zi bilan ikki nafar assistentini jamoaga olib keladi.

"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Xans Diter-Flik bo'ladi. Buni taniqli insayder Fabricio Romano tasdiqladi.  "Barselona" nemis mutaxassisi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Klub va bosh murabbiy allaqachon kelishib olishgan. Tez orada "Barselona" Xans Diter-Flik bosh murabbiy sifatida tanishtiradi. Flik "Barselona"ga o'zi bilan ikki nafar nemis assistentini ham olib keladi.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano