"Flamengo" ushbu haftada Vidalning o'tishi haqida e'lon qiladi

Alisher
5 iyul 2022
Yarim himoyachi Arturo Vidal "Flamengo" bilan shartnoma imzolaydi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 35 yoshli chililik futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng Braziliya klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.

Vidal o'tgan mavsum "Inter" tarkibida 40ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali o'yinchini 2 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira