"Fiorentina"ni boshqaradigan murabbiy nomi aniq

Mirjalol Normatov
21 iyun 2021, 22:23
Jurnalist Nikolo Skira "Fiorentina" bosh murabbiyi bo'ladigan mutaxassis nomini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, ayni damda "Speciya"ni boshqarayotgan Vinchenco Italyano yaqin vaqtlar ichida florenciyaliklar boshqaruvini qo'liga oladi. Murabbiy klub bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishib olgan va unda yiliga 1,2 mln evro maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, klub yaqindagina bosh murabbiy bo'lgan Jennaro Gattuzoni iste'foga chiqargandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira