"Fiorentina" "Borussiya"ning 20 yoshli futbolchisiga 12 mln evro taklif qildi

Tolibjon Qosimov
1 avg 2017, 21:26
"Borussiya" (Dordmund) yarim himoyachisi Emre Morga "Fiorentina" qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq, italiyaliklar 20 yoshli futbolchiga 10 million evro taklif qilishgan edi, endi esa o'sha summaga yana 2 million qo'shishdi. Bu haqda "La Nazione"ga tayangan holda "Football Italia" xabar berdi.

Florenciya klubi dordmundliklar bilan iliq munosabatda ekanligi hisobiga transferni amalga oshirishga umid qilmoqda.

O'tgan mavsum Mor Bundesligada 12ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va uchta golli pas berdi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia