"Fiorentina" "Barselona"dan Telo transfer huquqini 8 mln. evroga sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
31 mar 2016, 16:10
"Barselona" hujumchisi, ijara asosida "Fiorentina"da to'p tepayotgan Kristian Teloni Italiya jamoasi to'liq sotib olishi mumkin.

"Binafsharanglilar" rahbariyati 24 yoshli futbolchi transfer huquqini mavsum oxirida sotib olmoqchi. "Fiorentina" Teloning shartnomasida belgilangan 8 mln. evroni to'lashga tayyor.

Joriy mavsumda Tel Italiya chempionatining 8 uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: la Gazzetta dello Sport