"Selta" "Barselona" sobiq futbolchisi bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
20 yanv 2020, 16:22
"Betis" yarim himoyachisi Kristian Telo jamoadan ketishi mumkin.

Futbolchi "Betis"da etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Uning xizmatlariga "Selta" qiziqish bildirmoqda.

U Andalusiya jamoasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

28 yoshli Telo joriy mavsum barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assistga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Telo 2011-2017 yillar davomida "Barselona"ning asosiy jamoasida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fr.besoccer.com