"Espanol" "Barselona" sobiq vingerini nishonga oldi

Alisher
10 yanv 2020
"Betis" yarim himoyachisi Kristian Telo "Espanol" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Espanol" yanvarda hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi va Sevilya jamoasi vingerini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Telo "Betis"da 2017 yildan beri faoliyat olib bormoqda. U "Barselona"dan 4 million evro evaziga o'tgan edi.

28 yoshli o'yinchi joriy mavsum jamoasi safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Teloning "Betis" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilining iyuniga qadar mo'ljallangan.

Telo "Espanol" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2011-2017 yillar davomida "Barselona"da o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo