Finalda "Manchester Siti"ning muhim futbolchilaridan biri ishtirok etmaydi

Aslanov Jasurbek
25 fev 2018, 15:40
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling "Arsenal"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya liga Kubogi finalini o'tkazib yuborishiga to'g'ri keladi.

Fevral oyining o'rtasidan beri futbolchini jarohat qiynamoqda.

Sterling 1 mart kuni bo'ladigan "Arsenal"ga qarshi Angliya Premer-ligasi o'yinida ham ishtirok eta olmasligi mumkin.

"Shaharliklar" hujumchisi Gabriel Jezus finalni zaxira o'rindig'ida boshlaydi.

"Arsenal" - "Manchester Siti" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times