Filippin terma jamoasi Maldivga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
14 avg 2015, 19:16
O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi raqiblaridan biri - Filippin terma jamoasi Maldiv orollariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadigan bo'ldi.

Ushbu nazorat o'yini 3 sentyabr kuni Filippindagi "Rizal" stadionida bo'lib o'tadi.

Takidlash kerakki, 3-sentyabr kuni Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichining 3-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. O'zbekiston joy olgan "N" guruhi doirasida ham ikkita o'yin o'tkaziladi. Toshkentda Samvel Babayan shogirdlari Yamanni qabul qilsa, Bahrayn o'z uyida KXDRni qabul qiladi. Taqvim bo'yicha 3-turda dam oladigan Filippin esa o'rtoqlik uchrashuvi bilan bo'shliqni to'ldiradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com