Filippe Koutino PSJga o'tishga yaqin

Alisher
3 iyul 2019
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Pari Sen-Jermen" klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Manbaning xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi Parij klubiga o'z roziligini bildirgan. Bunda Filippe Neymar bilan bo'ladigan bitimning bir qismi bo'ladi.

27 yoshli futbolchi faoliyatini "Inter"da boshlagan. Filippe italiyaliklar tarkibida 2008-2013 yillarda harakat qilgan. U bu vaqt davomida "Vasko da Gama" va "Espanol" klublarida ijara asosida to'p tepgan. 2013 yilda esa "Liverpul"ga o'tgan va 2018 yildan e'tiboran kataloniyaliklar sharafini himoya qilmoqda.

Futbolchi 2010 yildan Braziliya terma jamoasi futbolchisi sanaladi.

Koutino yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 58ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 5ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.