
"Jamoamizdan ko'pchilik jahon chempionatida o'ynashdi va hozirgi mavsumga tayyorgarlik uchun kam vaqt bo'ldi. Hozir esa xar uch kunda o'ynayapmiz. Bu oson emas. Biz optimal formada bo'lishimiz uchun o'z ritmimizni topishimiz kerak. Butun yoz davomida jahon chempionati haqida o'yladik. Keyin esa qisqa tanaffus bo'ldi va yana hammasi boshidan boshlandi. Bu qiyinchilik keltirib chiqaradi. Ammo biz professionallarmiz va xar bir o'yinda yutishni xohlaymiz" - deydi Lam.