Figu ushbu mavsumda Bellingem qancha gol urishi mumkinligini taxmin qildi

Mirjalol Normatov
15 sen 2023, 22:50
"Real"ning sobiq futbolchisi Luish Figu madridliklar futbolchisi Jud Bellingemning ushbu mavsumda nechta gol urishi mumkinligini taxmin qilib ko'rdi.

"Real"da Bellingem kabi mavsumni boshlash oson emas. U jamoaga tezda moslashib oldi. Garchi yosh bo'lishiga qaramasdan u dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylandi. U menimcha ushbu mavsumda 15-20ta gol ura oladi", - dedi portugaliyalik.

Yozgi transferlar oynasi vaqtida 103 mln evro evaziga Dortmundning "Borussiya"sidan "Real"ga o'tgan angliyalik futbolchi ushbu mavsumda 5 gol va 1 assist qayd etishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal