Figu: “Real” zaxirasida qolib ketishimga Peres sababchi bo'lgan”

6 noya 2013, 12:10
Madridning “Real” klubi sobiq yarim himoyachisi Luish Figu, klub prezidenti Florentino Peres o'sha paytlarda murabbiyning ishlariga aralashib, asosiy tarkib o'yinchilarini aniqlab berganini ta'kidlab o'tdi, deb xabar beradi ispan OAV.

“Real” zaxirisida qolib ketishimga Peres sababchi bo'lgan. Bunga hech ham shubham yo'q. Biroq bu mavzu endi o'tmishda qoldi. Bu haqda o'z fikrimni oldin ham aytganman. Men o'z hayotimda yangi sahifa ochdim. Hamma narsaning boshi bo'lganidek yakuni ham bo'ladi”, - deydi Figu.


Manba: championat.com