FIFPro ramziy terma jamoasi uchun da'vogarlar nomi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
2 dek 2024, 21:45
FIFPro 2024 yilning ramziy terma jamoasiga kirishi mumkin bo'lganlar ryxatini e'lon qildi.

Nomzodlar ro'yxatiga 26 nafar futbolchi kirdi. Ular ovoz berish yo'li bilan aniqlangan.

Darvozabonlar: Ederson (Manchester Siti), Emiliano Martines (Aston Villa), Manuel Noyer (Bavariya);


Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Antonio Ryudiger (ikkisi – Real), Ruben Diash, Kayl Uoker (ikkisi – Manchester Siti), Virdjil van Deyk (Liverpul), Djeremi Frimpong (Bayer), Vilyam Saliba (Arsenal).


Yarim himoyachilar: Jud Bellingem, Luka Modrich, Federiko Valverde (bari – Real), Filip Foden, Rodri (ikkisi – Manchester Siti), Toni Kroos (faoliyatini yakunlagan), Jamal Musiala (Bavariya).


Hujumchilar: Erling Xoland (Manchester Siti), Xarri Keyn (Bavariya), Kilian Mbappe, Vinisius Junior (ikkisi– Real), Lionel Messi (Inter Mayami), Krishtianu Ronaldu (Al-Nassr), Koul Palmer (Chelsi), Lamin Yamal (Barselona).


Ramziy terma jamoa tarkibi 9 dekabr kuni e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FIFA.com