FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarni e'lon qildi

Administrator
12 yanv 2023, 22:15
Tashkilot nomzodlar nomini rasman ma'lum qildi.

FIFA tashkiloti "The Best" sovrini uchun nomzod bo'lgan 14 nafar eng yaxshi futbolchi nomini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatdan Lionel Messi (PSJ, Argentina), Karim Benzema (Real, Fransiya), Xulian Alvares (Manchester Siti, Argentina), Jud Bellingem (Borussiya Dortmund, Angliya), Kevin de Byuyne (Manchester Siti, Belgiya), Erling Xoland (Manchester Siti, Norvegiya), Ashraf Xakimi (PSJ, Marokash), Robert Levandovski (Barselona, Polsha), Luka Modrich (Real, Xorvatiya), Neymar (PSJ, Braziliya), Muhammad Saloh (Liverpul, Misr) va Vinisius Junior (Real, Braziliya) joy olgan.

Ushbu mukofotni topshirish marosimi 2023 yilning 27 fevral kuni o'tkaziladi. G'olibni aniqlashda 2021 yilning 8 avgust sanasidan 2022 yilning 18 dekabrigacha bo'lgan muddat inobatga olinadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: FIFA.com