FIFA va UEFA Ispaniya jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlatish bilan po'pisa qildi

Aslanov Jasurbek
13 may 2015, 14:16
Ispaniya rahbariyati mamlakat futbol federatsiyasi ishiga aralashgani uchun FIFA va UEFA Ispaniya futbol federatsiyasini sankciyalar joriy qilish bilan qo'rqityapti.

Xabarlarga ko'ra, FIFA va UEFA ispan klublarini xalqaro arenadan chetlatmoqchi. Bunga sabab, milliy federatsiya ishlariga uchinchi tomon aralashganidir.

Ispaniya futbol federatsiyasi sport musobaqalarida telehuquqlar bo'yicha yangi qonunga etiroz bildirishdi. Federatsiya norozilik belgisi sifatida 16 maydan barcha ichki chempionatlarni to'xtatdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com