FIFA sobiq arbitri: “Hakamga qilgan harakati uchun Messi qizil olishi kerak edi”
Eldor Akmurzayev
1 noya 2020, 19:30
Ispaniyalik sobiq referi Xuan Anduxar Oliver La Liga doirasida o'tgan “Alaves” – “Barselona” bahsida (1:1) Lionel Messining hakamga nisbatan qilgan harakatiga munosabat bildirdi.
Messi o'yin to'xtatilgan vaziyatda to'pni jahl ustida tepib yuborgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolangandi.
“Uchrashuv hakamini qo'rqitmoqchi bo'lgani uchun Messi maydondan chetlatishi kerak edi”, deydi Xuan Anduxar.