FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yangi ishtirokchisi nomini ma'lum qildi

Оқил Абдубарноев
31 dek 2021, 21:56
FIFA rasmiy saytida klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yangi ishtirokchisi haqida ma'lumot e'lon qilindi.

Amaldagi karantin qoidalari tufayli Yangi Zelandiyaning "Oklend Siti" klubi turnirda ishtirok etishdan bosh tortishga majbur bo'ldi. Uning o'rnini Taiti chempionatida to'p suradigan "Pirae" klubi egallaydi.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 3-12 fevral kunlari BAAda bo'lib o'tadi. Turnir favoritlari "Chelsi" (Chempionlar ligasi g'olibi) va "Palmeyras" (Libertadores kubogi g'olibi) klublari hisoblanadi. Ular turnirdagi ishtirokni yarim finaldan boshlaydi.

"Pirae"ga esa nimchorak finalda "Al Jazira"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fifa.com