FIFA "yilning eng yaxshi murabbiyi" bo'lishga da'vogarlar ruyxatini e'lon qildi

1 dek 2014, 22:21
FIFA rasmiy sayti 2014 yining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga da'vogar "uchtalik"ni ma'lum qildi.
Unga ko'ra, "Real" bilan YCHLda g'alaba qozongan Karlo Anchelotti, "Atletiko"ni Ispaniyada tengsiz qilishga erishgan Diego Simeone va Germaniya terma jamoasi bilan jahonda tengsiz bo'lishga erishgan Yoaxim Lyov "yilning eng yaxshi murabbiyi" bo'lishga da'vogarlik qilishmoqda.



Eslatib o'tamiz, ushbu sovrinni kim qo'lga kiritishi 2015 yil, 12 yanvar kuni Cyurixda bo'lib o'tadigan taqdirlash marosimida ma'lum bo'ladi.



Manba: fifa.com