FIFA JCH-2026 qur'a tashlash marosimida xizmat qiladigan yulduzlar ro'yxatini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2025, 15:08
FIFA rasmiy sayti 5 dekabr kuni bo'lib o'tadigan Jahon chempionati-2026 qur'a tashlash marosimida ishtirok etadigan boshlovchilar va sanatkorlar nomini ma'lum qildi.

Vashington shahridagi "Kennedi markazi"da tashkil etiladigan tadbirni supermodel Xaydi Klum, taniqli komik aktyor Kevin Xart hamda aktyor Denni Ramires olib boradi.


Marosimning badiiy qismida esa jahon estradasining haqiqiy yulduzlari sahnaga chiqadi. Jumladan, italiyalik mashhur tenor Andrea Bochelli, britaniyalik pop-yulduz Robbi Uilyams va xonanda Nikol Sherzinger o'z chiqishlari bilan mehmonlarni xushnud etadi. Shuningdek, afsonaviy "Village People" guruhi ham tadbirda ishtirok etib, o'zlarining mashhur "Y.M.C.A." qo'shig'ini ijro etishi kutilmoqda.


Eslatib o'tamiz, tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadigan mundialga qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 5 dekabr kuni tunda soat 22:00da bo'lib o'tadi. Ushbu marosimda O'zbekiston milliy terma jamoasi ham o'z tarixidagi ilk Jahon chempionatidagi raqiblarini bilib oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FIFA.com