FIFA hukm chiqardi. "Navbahor" 30 kun ichida 1,6 million dollarni to'lashi kerak

Alisher
28 avg 2021, 13:46
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev Andrey Kanchelskisning "Navbahor"ga qarshi davosi bo'yicha yangilikni e'lon qildi.

"FIFA futbolchilar statusi qo'mitasi hakami Yoxan van Galen Andrey Kanchelskisning "Navbahor"ga qarshi ishi bo'yicha hukm chiqardi. Afsuski, qaror murabbiy foydasiga bo'lib chiqdi. Qabul qilingan davolarning foizlar bilan umumiy summasi 1,6 million dollardan oshdi.

"Navbahor"da buni to'lash uchun 30 kun bor" - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia