"FIFA Football Awards" marosimining boshlovchilari ma'lum qilindi FOTO

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2017, 18:59
9 yanvar kuni FIFA 2016 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazadi.

Ushbu marosimda amerikalik mashhur aktrisa Eva Longoriya hamda germaniyalik teleboshlovchi Marko Shreyl boshlovchilik qilishadi. "FIFA Football Awards" gala marosimida 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi taqdirlanadi, yil terma jamoasi ma'lum qilinadi, 2016 yilning eng chiroyli goli nomi e'lon qilinadi va boshqa sovrinlar topshiriladi.

Mazkur tadbir 9 yanvar kuni bo'lib o'tadi.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: squawka.com