FIFA Arab Kubogi. Ikkita guruhda o'yinlar tugadi

Xayrulla Xoliqov
7 dek 2021
Qatarda bo'lib o'tayotgan FIFA Arab Kubogi musobaqasi kundan kun qiziyapti.

Kecha A va B guruhlaridagi bahslar o'z yakuniga etdi. A guruhidan Qatar va Ummon terma jamoalari keyingi bosqichga yo'l olishdi. Iroq bilan Bahrayn guruhda qolib ketdi. 

B guruhidan esa Tunis bilan BAA chorak final masalasini hal qildi. Suriya va Mavritaniya o'z ishtirokini guruh bosqichida yakunladi. Bugun C va D guruhlarida so'nggi tur bahslari bo'lib o'tadi.

P.S. Chorak finalda Tunis - Ummon, Qatar - BAA uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Yana ikkita juftlik bugungi o'yinlardan so'ng ma'lum bo'ladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia