FIFA Arab Kubogi. Jazoir - chempion!

Narzulla Saydullayev
18 dek 2021, 23:31
30 noyabr kuni start olgan FIFA Arab Kubogi bugun o'z nihoyasiga etdi.

Musobaqaning hal qiluvchi final o'yinida Jazoir terma jamoasi Tunisni 2:0 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritdi. 

Uchrashuv 120 daqiqa davom etdi. 99-daqiqada Amir Sayyud va 120+5-daqiqada Yasin Brahimi tomonidan kiritilgan gollar Jazoirga g'alaba keltirdi. 


Tunis - Jazoir 0:2 (Asosiy vaqt: 0:0)

Gollar: 99' Amir Sayyud, 120+5' Yasin Brahimi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia