
O'yinchi o'z jamoasining bir nechta o'yinidan chetlashtirilib, klub jarimaga tortiladi.
Gap APLda to'p tepayotgan Joel Matip ("Liverpul") va Allan-Romeu Nom ("Vest Bromvich") haqida ketyapti. Ikki futbolchi dekabrda Gabondagi turnirda o'z mamlakati sharafini himoya qilishni rejalashtirmayotganini aytgan edi.
"Klublar futbolchilarga Afrika Kubogida ishtirok etishga ruhsat berishi lozim. Aks holda FIFA futbolchi va klublarni jazolashi mumkin. Futbolchi turnirni o'tkazib yuborishi mumkin bo'lgan yagona sabab - jarohat. Agar FA aralashishga urinsa, ularni sankciyalar kutib turishi mumkin" - deydi advokat Devid Seligman.