Ferdinand: "Buskets shippakda ham o'ynay oladi"

Aslanov Jasurbek
21 fev 2018
Sobiq futbolchilar Rio Ferdinand va Stiven Jerrardlar "Barselona" yarim himoyachisi Serxio Busketsning o'yin vaqtidagi xotirjamligiga baho berishdi.

"U hayratlanarli darajada xotirjam va mulohazali. Serxio xatto shippakda maydonga chiqib, hozirgidek yaxshi o'ynay oladi" - deydi Ferdinand.

"U xatto terlamagandek ko'rinadi. Bu xuddi mashina uzatma qutisining ikkinchi tezligida harakatlangandek tasavvur uyg'otadi" - deydi Jerrard.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express