"Fenerbaxche" Mourinyo bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
6 mar 2025
Ma'lumotlarga ko'ra, "Fenerbaxche" bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Turk klubi rahbariyati portugaliyalik murabbiy qo'l ostida jamoa ko'rsatayotgan o'yindan rozi va yozdayoq yangi bitim imzolash variantini o'rganib chiqmoqda. Amaldagi kelishuv 2026 yil yozigacha mo'lajllangan.

25 o'yindan keyin "Fenerbaxche" 61 ochko bilan Turkiya Superligasida 2-o'rinda bormoqda. Yetakchi "Galatasaroy" bilan farq 4 ochkoni tashkil qiladi.


Drogba Mourinyo haqida: "Qanaqasiga mening "otam" irqchi bo'lishi mumkin?


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS