Fayzullaev Urugvay bilan o'ynamaydi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2025, 12:27
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbos Fayzullaev Kuvaytga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni tark etgan edi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan so'ng shifokorlar tavsiyasiga ko'ra, Fayzullaev Urugvayga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Urugvay bellashuvi 13 oktyabr kuni Malayziyaning Malakka shahrida o'tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 17:45 da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати