- Anchadan beri “Bunyodkor” jamoasi bilan bunday mazmunli o'yin namoyish etmagandik, - dedi Fayzulla Qambarov. - To'g'ri, birinchi bo'limda biroz qiyin bo'ldi. Ammo tanaffusdan so'ng ko'rsatgan o'yinimizdan o'zimizning ham, muxlislarimizning ham ko'ngli to'ldi menimcha. Qayd qilingan natija ozgina dilimizni xira qilgani ham bor gap. Axir gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi. Hujumchilarga qo'limdan kelganicha yordam berishga urindim. Hatto standart vaziyatlardan birida darvozani nishonga oldim. Biroq raqib posboni mahorat ko'rsatdi.
Muhimi, bu yilgi mavsumni bir muncha yaxshi o'tkazyapmiz, deb bemalol aytsa bo'ladi. “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Paxtakor” kabi yetakchilarga qarshi g'alaba uchun o'ynash mumkinligini amalda ko'rsata oldik. Amaldagi mavsum jamoamiz uchun katta tajriba va sinov bo'layotganini aytishni istardim.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.