Fati "Real" bilan o'yingacha safga qaytish istagida

Sherzod Nurmatov
17 fev 2022, 22:03
"Barselona"ning ispaniyalik hujumchisi Ansu Fati ayni paytda Madridda ishonchli shifokori bilan birgalikda jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, yosh futbolchi tiklanish jarayoni yaxshi kechayotganidan xursand. U La Laga 29-turi doirasidagi "Real" bilan bahsgacha safga qaytishga umid qilmoqda.

Fati joriy mavsumda La Liganing 5 o'yinida qatnashdi va 3 ta golni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport