
"Bu sport, g'alaba o'z o'zidan bo'lmaydi. Juda qiyin o'yinda 3 ochkoga ega chiqdik. "Obod"ning mavsumdagi birinchi g'alabasi bo'ldi.
"Obod" o'zbek futbolidagi birinchi xususiy klublardan biri hisoblanadi. Maqsadimiz oliy ligada munosib ishtirok etish.
"Buxoro" jamoasini juda yaxshi bilaman. Yanvar oyida bu klub bizning stadionimizda mashg'ulotlar o'tkazdi. Ammo klubda keskin o'zgarishlar yuz berdi va murabbiylar almashdi. Jamoa endi shakllanmoqda. Mavsum boshi baracha uchun og'ir kelishini bilardik.
Rauf Inileev "Obod" - "Bunyodkor" uchrashuvida zaxira o'rindig'ida bo'lsa kerak", - deydi Farhod Safarov.
"Obod" matbuot xizmati