Farhod Nishonov: "O'yin natijasidan ko'nglim to'lmadi, bu o'yinda g'alaba qozonishni maqsad qilgandik"

Alisher
19 fev 2025, 19:48
O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov Eronga qarshi bahsdan so'ng jurnalistlarning savollariga javob berib o'tdi.

- Bugungi o'yin haqida

- Bugun g'alaba qozonmoqchi edik, biroq xatolarimiz tufayli mag'lub bo'ldik. Bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgandik, shu sababli tarkibda o'zgarishlar bo'ldi. O'yin natijasidan ko'nglim to'lmadi, bu o'yinda g'alaba qozonishni maqsad qilgandik.

- Chorak finaldagi raqibga tayyorgarlik haqida

- Keyingi bosqichda bizga kim raqib bo'lishi ertaga ma'lum bo'ladi. Ertaga raqibimiz kim bo'lishini bilgach, shunga qarab reja bo'yicha tayyorgarlik ko'ramiz.

- O'rinboevning ikkinchi bo'limda qo'shilishi haqida

- O'rinboevda kichik jarohat bor edi va shu sababli asosiy tarkibda maydonga tushirmadik. Keyingi bosqichga qadar to'liq tiklanishini reja qilgandik.

- Eron haqida

- Ularga omad tilayman, yaxshi jamoa. Biz kutgandek qarshilik ko'rsatdi. O'zining imkoniyatini kutdi va undan foydalandi.


U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston Eronga mag'lub bo'ldi va guruhda ikkinchi o'rinni egalladi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати