Farg'onada o'smirlar o'rtasida Respublika futbol musobaqasi start oldi

6 noya 2020, 21:53
Bugun Farg'ona shahrida sportning futbol turi bo'yicha 2005-2006 hamda 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida "Do'stlik kubogi" Respublika ochiq futbol musobaqasi start oldi.

Mazkur musobaqa Farg'ona shahar 1-BO'SM tomonidan har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinmoqda. Musobaqani tashkil etishdan maqsad kuzgi tatil vaqtida yosh futbolchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, futbol sport turini ommaviyligini oshirish kabi vazifalarni o'z ichiga oladi.

Yosh futbolchilar o'rtasidagi bellashuvlar "Neftchi" sport majmuasining zahira maydonlarida tashkil etilmoqda.

Mazkur musobaqaning to'liq tafsilotlari haqida navbatdagi xabarlarimizda ma'lumot beramiz.

Bekzod Tolibov, o'z muxbirimiz

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia