

Farg'ona viloyati futbol federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan shunday seminarlardan biri 6-10 iyun kunlari Farg'onada bo'lib o'tdi.
“C” licenziyasini olishga qaratilgan o'quv seminari besh kun davom etib, o'quv-kurslarida mahalliy murabbiylar va oliy ligada to'p surgan ayrim futbolchilar ishtirok etishdi. Ulardan biri Iqbol Akramovdir.
FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev boshchilik qiltgan o'quv-kurslarida 30 nafarga yaqin murabbiy tahsil oldi. Ulardan 24 nafari 14 kunlik o'quv-kurslariga yo'llanma oldi.
A. Dehqonov



