Farg'onada Avaz Maksumov boshligida murabbiylar uchun futzal o'quv kurslari bo'lib o'tmoqda

Mirjalol Normatov
25 yanv 2021, 22:11
O'quv kurslari davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-sonli Farmonining ijrosini taminlash maqsadida hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining taqvim rejasi asosida joriy yilning 22-28 yanvar kunlari Farg'ona futbol assotsiatsiyasiga qarashli Farg'ona shahridagi "Futbol markazi" binosida AFKning

 “Level -2” futzal  trenerlik  licenziyasi  o'quv kursi bo'lib o'tmoqda. O'quv kursini OFK instruktori Avaz Maksumov olib boradi. Avaz Farxadovichga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi instruktorlari Farrux Zokirov va Furqat Xayrullaev  yordam berishadi. OFKning “Level-2” futzal  trenerlik licenziyasi  o'quv kursida 15 nafar trenerlar  qatnashishmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia