Farfan Vitaliy Denisov bilan birga o'ynaydi FOTO

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2017, 09:41
Moskvaning Lokomotiv klubi Peru terma jamoasi a'zosi Jefferson Farfanni o'z safiga qo'shib oldi.

32 yoshli futbolchi Al-Jaziradan ketgach erkin agent maqomida edi. Futbolchi Moskva klubi bilan 0,5+1 tizimida shartnoma tuzdi.

Farfan Marbelyaga uchib bordi va jamoaning yig'iniga qo'shildi.

Yevropada Farfan PSV (2004–2008) va Shalke (2008–2015) kabi klublarda o'ynagan, keyin BAAda faoliyat olib bordi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fclm.ru