"Fanat Superliga". "Navbahor" – "So'g'diyona" 1:3

Narzulla Saydullayev
1 apr 2020, 18:15
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga". "Navbahor" – "So'g'diyona"

"O'yin" soat 18:15da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!       

1-savol: 2016 yil Oliy ligada gol urgan eng yosh futbolchi kim bo'lgan? Javob: Islom Rashidxonov (Pakhtakor25 "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: Vinsent Kandela qaysi terma jamoada to'p tepgan? Javob: Fransiya (The best time "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: 2002 yil Jahon chempionatida birinchi oltin golni kim urgan? Javob: Anri Kamara (Forever  "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: Markus Babbel qaysi terma jamoada o'ynagan? Javob: Germaniya (Umid19994  "Navbahor" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. "Navbahor" – "So'g'diyona" 1:3

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia