"Fanat Superliga". "Bunyodkor" – "Navbahor" 3:1

Narzulla Saydullayev
3 apr 2020, 18:14
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "Bunyodkor" – "Navbahor"

"O'yin" soat 18:15da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!       

1-savol: Josleyn Angloma qaysi terma jamoada o'ynagan? Javob: Fransiya va Gvadelupa (ILK  "Bunyodkor" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: Evro-2008 to'purari kim bo'lgan? Javob: David Vilya (ILK  "Bunyodkor" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: JCH-2006da Yaponiya bosh murabbiyi kim bo'lgan?  Javob: Ziko (MMMReal  "Bunyodkor" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: Xoqon Yakin qaysi terma jamoada o'ynagan? Javob: Shveytsariya. (PFC Navbahor va Bahrom Abdullaev (bir soniyada) "Navbahor" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi: "Bunyodkor" – "Navbahor" 3:1

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia