"Fanat liga". "Napoli" - "Barselona" 3:3

Aslanov Jasurbek
1 apr 2020, 21:04
Yevropa futboli ishqibozlarini ushbu sahifaga taklif etamiz.

"Fanat liga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar. Shartlar: Toshkent vaqti bilan 21:10da jadvaldagi ilk to'qnashuv mavzusida dastlabki savol beriladi. Keyingi savollar 5 daqiqa oralig'ida berib boriladi. Savollarning umumiy soni 4ta.

Agar mezbon jamoa muxlisi sifatida javob bermoqchi bo'lsangiz, javobdan oldin yoki keyin 1 raqamini qo'ying, agar mehmon klub ishqibozlari safida bo'lsangiz javobga 2 raqamini qo'shib qo'ying. Jamoa raqami qo'yilmagan javoblar hisobga olinmaydi.

Bugun quyidagi to'qnashuvlar bo'lib o'tadi:

"Atalanta" - "Valensiya"

"Chelsi" - "Bavariya"

"Lion" - "Yuventus"

"Napoli" - "Barselona"


Birinchi bahs yakuniga etgach, avtomatik ravishda keyingi to'qnashuvga o'tamiz. Navbatdagi o'yin alohida sahifada o'tkaziladi.
Qo'shimcha ma'lumot: Agar ikki jamoa vakili bir daqiqa ichida (01:00-01:59) to'g'ri javob berishsa, har bir jamoaga 1 balldan beriladi. Mamlakatimizning hamma hududida ham internet birdek tez ishlamaydi.

"Napoli" - "Barselona" 3:3


 


4. UEFA tashkillashtirgan musobaqalarni inobatga olsak, "Napoli"ning o'z maydonidagi eng yirik mag'lubiyati 0:3 hisobi bo'lgan. Mehmon jamoani toping...
Javob: "Viktoriya Plzen".
To'g'ri javob mualliflari: Pirlo, MMMReal .


3. "Napoli" klubiga 1926 yil asos solingan bo'lib, jamoaning dastlabki uy stadioni nomi qanday edi?
Javob: Arenachchia
To'g'ri javob muallifi: Dimkaaaa 


2. O'yinlar soni bo'yicha Neapol klubi rekordchisi kim?
Javob: Marek Gamshik.
To'g'ri javob mualliflari: Xames, Xurshid Bakhtiyaroff 


1. So'nggi yillarda yana o'z mamlakatining eng kuchli klublaridan biriga aylangan "Napoli" YCHLdagi maksimal natijasi? Klub eng uzog'i qaysi bosqichga chiqa olgan?
Javob: "Napoli" hali biror marta 1/8 final bosqichidan uyog'iga o'ta olmagan.
To'g'ri javob muallifi: Sardorbek....Real Madrid 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia