Falkao: "Men turk futbolidan zavqlanaman"

Alisher
10 avg 2019, 13:14
"Monako" hujumchisi shu yozda "Galatasaroy"ga o'tishi mumkin.

Forvard unga turk futbolidagi atmosfera juda ham yoqishini aytib o'tdi.

"Turkiya futboli bilan yashash bu ajoyib. Menga bu yerdagi muhit yoqadi", - deydi Falkao.

Radamelga shuningdek "Mayami" klubi va shahri yoqadi. Devid Bekxemning klubi tez orada boshlanadigan MLS chempionatida ishtirok etadi.

"Mayami - yashash uchun qulay bo'lgan shahar. Menga u yerda yashash g'oyasi ham maqul", - deydi kolumbiyalik.

Radamel yakunlangan mavsum "Monako" safida 39ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 2ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Caracol