

Shu tariqa "Paxtakor"ning bu yil hisobidan Qashqadaryoga qilgan uchinchi safari ham yirik mag'lubiyat bilan tugadi. Birinchi davrada "Paxtakor" G'uzorda "Sho'rtan"ga 0:3, Muborakda "Mashal"ga ham 0:3 hisobida engilgandi.
Mana endi jamoa Qarshidan ham yirik mag'lubiyat bilan qaytmoqda. O'ta muhim bahsda g'alabaga erishgan "Nasaf" ikkinchi o'rinni naqd qildi va Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma oldi.




