Fakt: Millatlar Ligasida faqat Islandiya barcha o'yinlarda yutqazdi

15 okt 2020, 08:20
Islandiya uchun musobaqa omadsiz o'tmoqda.

Millatlar Ligasi tashkil etilganidan beri musobaqadagi barcha o'yinlarda faqat Islandiya terma jamoasi mag'lub bo'ldi. “Vikinglar”ning mag'lubiyatli o'yinlar ceriyasi 8 ta bahsga etdi. Millatlar Ligasining amaldagi mavsumida Islandiya Daniyaga (0:3), Belgiyaga (1:5, 1:2) va Angliyaga (0:1) yutqazdi. Avvalgi musobaqada esa islandiyaliklar Belgiyaga (0:2, 0:3), Shveytsariyaga (1:2, 0:6) hamda Angliyaga (0:1) mag'lub bo'lgandi. To'plar nisbati esa ayni damda 3:24 ni tashkil etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote