Fakt: "Buxoro" o'z maydonida gol o'tkazmasdan uchinchi g'alabasiga erishdi

Xayrulla Xoliqov
7 apr 2018, 10:51
Kecha bo'lib o'tgan "Buxoro" - "Paxtakor" bahsida maydon egalari 1:0 hisobida zafar quchishdi.

Shu tariqa "Buxoro" o'z maydonida o'tgan uchinchi o'yinda uchinchi g'alabasini nishonladi. Ulug'bek Baqoev shogirdlari bungacha "Qo'qon-1912"ni 1:0 va "So'g'diyona"ni 3:0 hisobida mag'lub etishgandi.

Endi bo'lsa "Paxtakor" ham mag'lub etildi. Qizig'i shundaki, "Buxoro" safar o'yinlarida g'alaba qozona olmayapti. Jamoa Qarshida "Nasaf" va Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'lib, bir xil 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi.

Lekin uydagi o'yinlarda buxoroliklar ancha shiddatli harakat qilishmoqda. Superligada o'z maydonida gol o'tkazmagan "Buxoro"dan tashqari yana uchta jamoa bor: "Metallurg", "Navbahor" va "Qo'qon-1912".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia