Fabricio Romano: "Manchester Yunayted" ikkinchi transferni amalga oshirishga yaqin

Mirjalol Normatov
6 sen 2020, 18:11
"Real" himoyachisi Serxio Regilon "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi.

Jurnalist Fabricio Romano tvitterida bergan ma'lumotiga ko'ra, tomonlar muzokaralarni so'nggi bosqichida. Yaqin kunlar ichida 23 yoshli chap qanot himoyachisi "Manchester Yunayted"ga o'tishi kutilmoqda.

Futbolchining transfer summasi 25-30 mln evro atrofida bo'lishi kutilmoqda. Futbolchining o'zi ham Angliya Premer-Ligasida o'ynashga qarshi emasligi aytilmoqda.

Regilon o'tgan mavsumda ijara asosida "Sevilya" tarkibida 31 o'yinda 2 gol va 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal