Fabregas: "Men uchun APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi - Marez"
Aslanov Jasurbek
3 may 2016, 14:47
"Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas "Lester Siti" xavbeki Riyad Marezni Premer-ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.
"Premer-ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi? Bu Vardi, yoki Marez. Menga maydonning har qaysi zonasida natijaga ta’sir ko'rsata oladigan iqtidorli futbolchilar yoqadi. Shu sababli Marezni tanlayman" - deydi Fabregas.