Fabregas APLning eng yaxshi futbolchisi kimligi va faoliyatidagi gollarning eng zo'ri qaysiligini aytdi

Eldor Akmurzayev
7 yanv 2020, 19:30
“Monako” yarim himoyachisi Sesk Fabregas twitter'dagi sahifasi orqali muxlislarning savollariga javob qaytardi.

“Men bian birga ishlagan murabbiylar ichida eng yaxshisini tanlay olmayman. Venger, Mourinyu, Aragones, Del Boske, Tito, Konte, Gvardiola. Ularning har biridan murabbiylik kurslarida olinadigan ma'lumotlardan ko'ra ko'proq narsani o'rganganman.
APLning eng yaxshi futbolchisi? Maneni tanlayman.
Yana qancha o'ynashimni bilmayman. O'ylashimcha, yana ikki yilcha bo'lsa kerak.
Faoliyatimdagi eng zo'r gol? "Tottenxem”ga urgan har qanday golim”, – deya javob bergan ispaniyalik xavbek. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/cesc4official