Fabio Kannavaro Otabek Shukurov o'ynayotgan klubni boshqarishi mumkin

Оқил Абдубарноев
29 iyun 2023, 20:31
Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro "Fotih Karagyumruk"ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

Manbaga ko'ra, 49 yoshli murabbiy turk klubini boshqarishi mumkin bo'lgan mutaxassislar ro'yxatidan joy olgan.

Avvalroq Kannavaro Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubini, Xitoyning “Evergand” klubini boshqargandi. Uning so'nggi ish joyi esa Italiyaning “Benevento” klubi bo'lib, shu yilning fevral oyi boshida jamoa bilan hamkorlikni to'xtatgan edi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Fotih Karagyumruk"ni yaqinda "Sampdoriya" bosh murabbiyiga aylangan Andrea Pirlo boshqargan edi. Turk klubi safida O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/AlfredoPedulla