Fabino kecha qanday hujjatga imzo chekkanini bilasizmi? Bu shartnoma emas (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
29 may 2018, 17:12
Kecha, 28 may kuni "Liverpul" "Monako"ga 50 mln. evro to'lab, Fabinoni sotib olgani haqida e'lon qilindi.

"Qizillar" matbuot xizmati ushbu xabarni maxsus surat yordamida taqdim etdi. Rasmda Fabino shartnomaga imzo chekayotgan edi.


Biroq Fabino qo'l qo'ygan varoq hech qanday hujjat emas ekan. Rasmni yaqinlashtirib ko'rsangiz, unda "Liverpul"ga oid so'nggi xabarlarni o'qishingiz mumkin.

"Qizillar" shunday yo'l bilan futbolchi va klub o'rtasidagi bitim shartlarini oshkora qilmaslikka uringan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail