FA Mourinyoga jiddiy chora ko'rishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
9 okt 2018
Angliya futbol associaciyasi (FA) “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyoning xatti-harakatlarini ko'rib chiqadi.

Portugaliyalik mutaxassis “Nyukasl Yunayted” klubiga qarshi kechgan (3:2) o'yinda kameraga qarata kurakda turmaydigan nomaqbul so'zlarni aytgan edi. Agar FA murabbiyni aybdor deb topsa, u holda Mour bir nechta o'yinga chetlatilishi ham mumkin 

Eslatib o'tamiz, “Qizil iblislar” 0:2 hisobida bora turib, yakunda irodali g'alabaga erishishgandi. G'alaba to'pi 90-daqiqada kiritilgan edi. Bu “Manchester Yunayted” uchun Premer-liganing so'nggi uchta o'yinidagi ilk g'alaba bo'ldi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: